Главная » Статьи » sherlar

sher

 

Ko`z yoshdan yaralgan dunyoda
Dard bilan o`ralgan dunyoda
Ming shukur o`ngimmas ro`yoda
Yaxshiyam siz borsiz, yaxshiyam

Gard bosgan ko`nglimning bo`stoni
Dilimning yechilmas chistoni
Ming yil zor kutilgan dostoni
Yaxshiyam siz borsiz, yaxshiyam

Bag`rimdan rang olgan qizg`aldoq
Ko`ngsimda nur solgan qizg`aldoq
Siz borki baxt butun beadoq
Yaxshiyam siz borsiz, yaxshiyam

Asrasin ayriliq vidodan
Men sizni so`rganman xudodan
Topganman ming yillik nidodan
Yaxshiyam siz borsiz, yaxshiyam

Baxt bilan bog`langan bu rishtam
Tolmadim xaqdan ish so`rishdan
Ey mening qanotsiz farishtam
Yaxshiyam siz borsiz, yaxshiya

Категория: sherlar | Добавил: SHUSTI (01.04.2014)
Просмотров: 571 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]