Главная » sherlar_2

Kulsam kulguyimda kulgum siri bor
Menga kerak emas ketsin bu bahor
Keltrgani bo'ldi dard ila ozor
Ollohim asrasin sizni Otajon.

Bag'ringizga boshim qo'ygim kelyapti
Mexringizga qonib to'ygim kelyapti
Ko'nglimda ne o'tar hudo bilyapti
Ollohim asrasin sizni Otajon

Kulaman ko'zimda halqa halqa yosh
Hayollar berayu hayollar be bosh
Bunchalarxam taqdir bag'ri tosh
Ollohim asrasin sizni Otajon

Dardlarni men olay hastalik qursin 
Yorab Otam meni yonimda tursin
Nabiralarning kamolin ko'rsin
Menga dunyodek eng aziz shu jon
Ollohim asrasin sizni Otajon

Категория: sherlar_2 | Просмотров: 399 | Добавил: saidkhakimov | Дата: 26.11.2016 | Комментарии (0)

Sevgidan qiynalib yig'ladi bu qalb, 
Sog'inchdan o'ksinar yuragim lekin, 
Sevding sevilding ne bo'ldi oxir, 
O'zginangni bunchalar qiynading KO'NGIL. 
Ko'z tutib yo'llariga intilgan xam sen, 
Hijron-u alamdan to'lg'ongan xam sen, 
Tun kecha xudoyimga nolalar qilib, 
O'zginangni bunchalar qiynading KO'NGIL. 
Taqdiringda bormidi sevgi degan dard, 
Peshonangda yozilganmi,shu bo'lmog'i shart. 
Alamdan yig'lama,ko'z yoshingni art, 
O'zginangni bunchalar qiynading KO'NGIL. 
Xayoling ketmasin,o'zingni tutgin. 
Bir kun kelar yoring,intizor kutgin, 
Mayli,unga sog'inchli nomalar bitgin. 
O'zginangni bunchalar qiynading KO'NGIL.
 Uni izlamagin ro'yolardan sen, 
... Читать дальше »

Категория: sherlar_2 | Просмотров: 379 | Добавил: saidkhakimov | Дата: 26.11.2016 | Комментарии (0)

Тушингга кираман барибир бир кун,
Уйғониб сен мени излаб қоласан.
Ороминг шаҳрида топаман қадр,
Бормасам соғиниб йўқлаб қоласан.
Тушингга кираман барибир бир кун,
Сочларинг силайман аста силайман.
Кўз ёшинг ювади юзингни бутун,
Дейсан-ки пичирлаб СЕВМАЙ ўлай ман.
Тушингга кираман барибир бир кун.
Висол лаззатидан тўгиб ичармиз.
Ҳаётда этмаган орзуимизга.
Балки тушимизда бирга бўлармиз.

Категория: sherlar_2 | Просмотров: 349 | Добавил: saidkhakimov | Дата: 26.11.2016 | Комментарии (0)