Главная » Статьи » sherlar |
Hazonlar to’kilar daraxtlar g'arib,
Qor yog'ib o’tadi zulmatni yorib.
Kurtaklar yozilar yerni uyg'otib,
Nechun siz kelmadiz sog'inganman deb.
Asta varaqlayman umrim kunini,
Tonglar uyg'onaman sog'inib sizni.
Kim bilar sevgimning o’tli hunini,
Nechun siz kelmadiz sog'inganman deb.
Qoshlarim qayrildi yo’lingiz qarab,
Sanoqdan adashdim tunu kun sanab.
Nahotki ayriliq haqiqat yo rab,
Nechun siz kelmadiz sog'ingaman deb.
Ko’z yoshim to’ksa ham to’ymadi sarob,
Bu mag'rur vujudim tark etmas azob.
Men hanuz yurakman lekin muhabbat harob,
Nechun siz kelmadiz sog'inganman deb...!!!
| |
Просмотров: 1014 | |
Всего комментариев: 0 | |