Главная » Статьи » sherlar |
Kechiring, men sizni sevaolmayman.
Qalbimni baxshida qilolmam sizga.
Dardimni yuzizga ochiqcha aytib,
Tegib qo'ymadimmi yuragingizga?
Kechiring, men sizni seva olmayman.
Yana bitta ishqqa chidolmas yurak.
Asli, yarim konglim yana azobga
Tashlasam, butunlay to'xtasa kerak...
Kechiring, men sizni seva olmayman.
Siz aslida buyuk ishqqa loyiqsiz!
Faqat, bu ishq bolsin o'zgasi bilan
Shunda, baxt topasiz, azizim,mensiz
Kechiring, men sizni seva olmayman.
Alday olmayman men tuygularingiz.
Mendan faqat dardni topsangiz kerak,
Yo'qolib ketadi kulgularingiz.
Kechiring, men sizni seva olmayman.
Ko'nglim asli yarim - agar bilsangiz...
Uyalaman uni sizga berishga...
Yarmin o'girlagan axir boshqasi
Kechiring, men sizni qiynab qo'ydimmi?
O'chiring butunlay xotirangizdan...
Men o'z yo'lagimni topib ketaman...
Siz xam ketavering oz yo'lingizdan...
Kechiring, men sizni seva olmayman...!!!
| |
Просмотров: 817 | |
Всего комментариев: 0 | |