Главная » Статьи » sherlar

Kechir jonim seni kechirolmayman.....KO"RISH

Labingda pichirlab erkalasang ham, 
Yuraging ayamay tilkalasang ham. 
Kechir deb poyimga cho'kkalasang ham 
Kechir jonim seni kechirolmayman... 
Sen bilan xotira shirin damlarim, 
Eslasam qiynaydi dilda g'amlarim. 
Bir kam bu dunyoda o'zing kamlarim 
Kechir jonim seni kechirolmayman. 
Begona insonni qo'lidan tutib, 
Osonmas yashamoq seni unutib. 
Shavqat chegarasin ortiga o'tib, 
Kechir jonim seni kechirolmayman... 
Bahorim eding sen har yil takrorim, 
Oyog'ing ostida toptaldi orim. 
Ex mening vafodor xiyonatkorim 
Kechir jonim seni kechirolmayman...!!!

Категория: sherlar | Добавил: Dj_sherbek (24.10.2014)
Просмотров: 1200 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]