Главная » Статьи » qo'shiq matnlari

Benom - Sen Yig'lama (Qo'shiq matni)...KO"RISH

Sen yig'lama,
Ko'zda yoshing ko'rish uchun kelganim yo'q.
Sen yig'lama,
Yuragingni so'rash uchun kelganim yo'q.

Sen so'zlama,
Armonlarda singib bo'lgan orzularni.
Sen yig'lama,
Hali bir kun unutarsan qayg'ularni.

NAQORAT:
Shunchaki orzular so'ndi,
Shunchaki yuragim ko'ndi.
Nega o'yin qilding sevgim,
Sababi yo'q.

Nahotki sevganing yolg'on,
Nahot sevgim endi armon.
Shunchaki ovuntirganing,
Keragi yo'q.

Sen ayblama,
Umidlari so'nib bo'lgan yuragimni.
Sen o'ylama,
Sen o'ylama, endi kimga keragimni.

Sen yig'lama,
Ko'zlarimdan achchiq ko'z yosh kelsa ham.
Sen yig'lama,
Afsuslardan yuraging to'lib ketsa ham. 

Категория: qo'shiq matnlari | Добавил: sadafuz (19.09.2014)
Просмотров: 655 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]