Mayli sizni yillar kutayin
Mayli sizsiz azob chekayn
Hijronlarda qolsam ham mayli
Qalbim sizga taqdim etayin
Mayli Olloh olsin jonimni
Osmonlarga uchib ketayin
Sizga berib bor jaxonimni
Qalbim sizga taqdim etayin
Armonlarda qolsam ham mayli
Tinmay sizga she'rlar bitayin
Beg'ubor bu sevgim tufayli
Qalbim sizga taqdim etayin
Mayli sog'inch kuydirsin jonni
G'am-anduxlar tinmay yutayin
Oling qalbin "Oshiq yigit" ni
Faqat sizga taqdim etayin....!!!
|