Главная » Статьи » sherlar

Armon bo`lib qolaman xalos.....Ko'rish

Ertaga men yashay olmayman. 
Bugun menda yashar intiho. 
Men kimgadir o`xshay olmayman.
 Menga o`xshab qoladi dunyo. 
Men ertaga yashay olmayman. 
Yolg`onlarga o`ramang meni. 
Bugun kimdan so`rasangiz xam. 
Erta tongdan so`ramang meni.
 Ertaga men yashay olmayman. 
Siz sezmagan qabr bo`laman. 
Chidolmaysiz bu ayriliqqa.
 Yana o`zim sabr bo`laman. 
Kech bo`lganda izlab qolasiz. 
Osmonlarda bir kichik yulduz.
 Uchkanin ham sezmay qolasiz. 
Ertaga men yashay olmayman. 
O`tarmikin mensiz kuningiz. 
Sizga shunday sog`inch bo`laman.
 Ichkiblar ketar ko`nglingiz. 
Ertaga men yashay olmayman. 
Hudoyimga jonim tutaman.
 Sizni toshdek yuragingizdan. 
Jannatlarga qochib ketaman.
 Ertaga men yashay olmayman.
 Ololmaysiz o`limdan qasos.
 Faqat sizni yuragingizda. 
Armon bo`lib qolaman xalos...!!!

Категория: sherlar | Добавил: Dj_sherbek (03.09.2014)
Просмотров: 469 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]