Ertaga men yashay olmayman.
Bugun menda yashar intiho.
Men kimgadir o`xshay olmayman.
Menga o`xshab qoladi dunyo.
Men ertaga yashay olmayman.
Yolg`onlarga o`ramang meni.
Bugun kimdan so`rasangiz xam.
Erta tongdan so`ramang meni.
Ertaga men yashay olmayman.
Siz sezmagan qabr bo`laman.
Chidolmaysiz bu ayriliqqa.
Yana o`zim sabr bo`laman.
Kech bo`lganda izlab qolasiz.
Osmonlarda bir kichik yulduz.
Uchkanin ham sezmay qolasiz.
Ertaga men yashay olmayman.
O`tarmikin mensiz kuningiz.
Sizga shunday sog`inch bo`laman.
Ichkiblar ketar ko`nglingiz.
Ertaga men yashay olmayman.
Hudoyimga jonim tutaman.
Sizni toshdek yuragingizdan.
Jannatlarga qochib ketaman.
Ertaga men yashay olmayman.
Ololmaysiz o`limdan qasos.
Faqat sizni yuragingizda.
Armon bo`lib qolaman xalos.
|