Главная » Статьи » sherlar |
O'zga yorga ko'nglingni bog'lab,
Armon bo'lding dilimni dog'lab. O'tdim mana necha yil yig'lab, Lekin seni unutolmadim. Yolg'izlikka kelganda duchor, Armonlarga chidadim nochor. Unutmoqqa urindim ko'p bor, Lekin seni unutolmadim. Suratingga termulsam nogoh, Diydorlashgim kelib ketar goh. Sensiz ham baxt berdiyu Alloh, Lekin seni unutolmadim. Hayot boshqa edi ilgari, Yillar o'tdi asr singari. Unutildi o'tmishning bari, Lekin seni unutolmadim. Necha yillar bag'rimni o'ydim, Sog'inchlarni baridan to'ydim. O'zimni ham o'ylamay qo'ydim, Ammo SENI UNUTOLMADIM....!!! | |
Просмотров: 1356 | |
Всего комментариев: 0 | |